David Raya




David Raya Martin (1995-yil 15-sentabrda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Premier Liganing "Brentford " klubi va Ispaniya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi. U oʻzining faoliyatini „Blackburn Rovers“ jamoasida boshlagan va 2019-yilda Brentfordga tarkibiga qoʻshilgan.

Jamoalardagi faoliyati



Blackburn Rovers



Kataloniyaning Barselona shahrida tugʻilgan Raya oʻz faoliyatini vatani Ispaniyada, futzal oʻyinchisi (darvozabon) sifatida boshlagan. Keyinchalik u 2012-yil iyul oyida Blekbern Roversga qoʻshilish uchun Angliyaga koʻchib oʻtadi. U klub akademiyasida tahsil oladi va 2014-yilning 26-fevralida professional shartnoma imzolaydi. Raya 2014-15-yilgi mavsumning birinchi yarmida Conference Premer ligasi klubi Sauthportda toʻrt oylik ijaradagi davrida oʻzining birinchi katta tajribasini oladi va jami 24 ta oʻyinda maydonga tushadi. Ewood Parkga qaytganidan soʻng, u mavsum oxirida chempionatda ikkita oʻyin oʻtkazadi va 2015-yil aprel oyida yangi uch yillik shartnoma imzolaydi.

2015-16 va 2016-17-yilgi mavsumlarida atigi 13 ta oʻyin oʻtkazganiga qaramay, Raya Roversning Jason Steeledan keyingi asosiy tarkib darvozaboni boʻlgan. U 2017-18-yilgi mavsumda 47 ta oʻyinda maydonga tushadi va klubning chempionatga qaytishiga yordam beradi. U 2018-19-yillar davomida asosiy tarkibdagi oʻrnini saqlab qoladi va 46 ta oʻyinda maydonga tushadi. Raya Rovers jamoasi tarkibida umumiy hisobda 108 ta oʻyinda maydonga tushib, 2019-yilning iyul oyida jamoani tark etadi.

Brentford




2019-yilning 6-iyulida Raya Chempionship klubi Brentford bilan 3 million funt sterling evaziga to‘rt yillik shartnoma imzolaydi. Raya jamoasi bilan 2020-yilgi chempionat pley-off bosqichida Fulham jamoasiga qarshi final uchrashuvida magʻlubiyatga uchraydi va ushbu mavsum umumiy hisobda 49 ta oʻyinda maydonga tushadi.

Jarohat olganligi va transferlar haqidagi mish-mishlar sababli Raya 2020-2021-yilgi mavsum oldidan bosh murabbiy Tomas Frankning eʼtiboridan chetda qolib ketadi. Ikki marta EFL kubogida o‘ynab, jamoa sardori darajasiga koʻtarilganidan so‘ng, 2020-yilning 2-oktyabrida yangi to‘rt yillik shartnoma imzolaydi. Raya 2020-2021-yilgi mavsumdagi 48 ta oʻyinning 17 tasida maydonga tushadi.

Raya 2021-2022-yilgi Premer-liga o‘yinlarini asosiy tarkib darvozaboni sifatida boshlaydi va 2021-yil 24-oktabrda „Leicester City“ga qarshi kechgan uchrashuvda orqa xochsimon bog‘lamidan jarohat oladi. U 2022-yilning 10-yanvarida ochiq havodagi mashg‘ulotlarga qaytadi va 1-fevralda „Everton“ga qarshi o‘rtoqlik oʻyinida maydonga tushadi.

Xalqaro faoliyati



Ispaniyaning yoshlar darajasidagi terma jamoalaridan chaqiruv ololmagan Raya 2022-yil mart oyida birinchi marta kattalar jamoasining o‘rtoqlik o‘yinlari uchun chaqiruvni qo‘lga kiritadi. U 26-mart kuni Albaniyaga qarshi kechgan oʻyinda birinchi oʻyinini oʻtkazadi. Raya 2022-yil iyun oyida Ispaniya terma jamoasining 2022-2023-yilgi UEFA Millatlar Ligasi A o‘yinlariga ikkinchi chaqiruvini oladi va undan keyingi to‘rtta o‘yinning barchasida zaxira oʻrindigʻida qolib ketadi.

Faoliyatining statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari



Blackburn Rovers

Brentford

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz