David MacMillan




David William Cross MacMillan (talaffuzi: Devid Uilliam Kros Makmillan; 1968-yil 16-martda tugʻilgan) shotland kimyogaridir. Princeton universitetida kimyo boʻyicha professor (2006-yil sentabrdan) boʻlib, 2010-yildan 2015-yilga qadar universitet kimyo kafedrasi mudiri oʻlaroq ham faoliyat yuritgan. Glasgow universiteti (bakalavr) va Irvinedagi Kaliforniya universitetini (falsafa doktori, 1996) tugatgan. U Benjamin List bilan birga 2021-yilda „asimmetrik organokatalizatorni rivojlantirgani“ uchun kimyo boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz