David J. Schwartz
David Joseph Schwartz, Jr. (1927-yil 23-mart – 1987-yil 6-dekabr) – amerikalik ruhlantiruvchi yozuvchi va murabbiy boʻlib, 1959-yilda yozgan „The Magic of Thinking Big“ kitobi bilan mashhur. U Georgia davlat universitetida marketing professori, kafedra mudiri va isteʼmol moliyasi kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borgan.
Biografiyasi
Schwarts 1927-yil 23-martda AQShda tavallud topgan. U 1948-yilda Nebraska universitetida bakalavr darajasini, 1953-yilda Ogayo shtati universitetida magistr, keyin esa PhD darajasini olgan.
U Atlanta shahridagi Georgia shtat universitetining professori boʻlgan va Amerikaning motivatsiya berish boʻyicha yetakchisi hisoblangan. U oʻzining motivatsion nashrlari va oʻz-oʻziga yordam beradigan kitoblari, ayniqsa, 1959-yilda nashr etilgan „
The Magic of Thinking Big “ kitobi sababli mashhur boʻlgan . Keyinchalik, u oʻz-oʻziga yordam berish boʻyicha murabbiy va strateg sifatida oʻz ishini boshlagan va Creative Educational Services Inc deb nomlangan, yetakchilikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzining konsalting kompaniyasini tashkil etgan.
Hozirda Georgia shtat universiteti uning sharafiga stipendiya ham ajratadi.
The Magic of Thinking Big
The Magic of Thinking Big – birinchi marta 1959-yilda nashr etilgan, David J. Schwartsning oʻz-oʻziga yordam beradigan kitobidir. Kitob Simon va Schusterning eng koʻp sotilgan kitoblaridan biri boʻlgan va u 6 milliondan ortiq nusxada sotilgan. U odamlarga oʻz maqsadlarini yuqori belgilashni va ularga erishish uchun ijobiy fikrlashni oʻrgatadi.
Muallif insonning oʻz fikrlash shakli va fikrlash odatini oʻzgartirish orqali xohlagan narsaga erishish boʻyicha bosqichma-bosqich koʻrsatma bergan. Uning taʼkidlashicha, vizualizatsiya hamma narsaga qiymat qoʻshadi va ulkan fikrlash nafaqat nima borligini, balki nima boʻlishi mumkinligini ham koʻrishga oʻrgatish demakdir. U yaxshi xabarlarni yetkazish gʻalaba qozonish ekanligini tushuntirgan va bu biz oʻzimizni hamda biz gaplashayotgan odamlarni ham tinchlantirishini taʼkidlab oʻtgan. Lou Holtzning taʼkidlashicha, ushbu kitob unga umrbod maqsadlari roʻyxatini yaratishga yordam bergan. Yozuvchi, shuningdek, kitobda uchta muvaffaqiyatsizlik kasalligini tasvirlaydi, shulardan biri prokrastinatsiya. Toʻgʻri qaror qabul qilish va salbiy fikrlardan qochish – kitobning asosiy mavzusi.
Boshqa nashrlari
Schwartz, David Joseph. The Magic of Getting What You Want (en). W. Morrow, May 1, 1983. ISBN 9780688018245.
Manbalar
uz.wikipedia.org