David Hasselhoff
David Hasselxoff (talaffuzi: Devid Xosselxolf)(1952-yil 17-iyul Amerika Qoʻshma Shtatlari) amerikalik aktyor va qoʻshiqchi. Asosan „Knight Rider“ va „Baywatch“ teleserialidagi rollari bilan tanilgan.
Biografiyasi
1952-yilda Merilend shtatining Baltimor shahrida tugʻilgan. Beyts kollejini tugatgach, Oklend universitetida, keyin esa Kaliforniya Sanʼat universitetida taqsil olgan.
1980-yillardan boshlab musiqiy faoliyati boshladi va bir nechta „Pop“ yoʻnalishidagi albomlarini chiqarishga ulgurgan.
1982-yildan 1986-yilgacha „Knight Rider“ fantastik serialida oʻzining eng mashhur rollaridan biri – Maykl Nayt rolini ijro etgan.
1989-yildan boshlab mashhur „Baywatch“ teleserialida Mitch Buchannon rolida oʻynay boshladi.
1996-yilda Xasselxoff Gollivud shon-shuhrat xiyobonida oʻz yulduzini ega boʻldi.
2000-yilda „Jekyll and Hyde“ musiqiy filmidagi debyut rolini ijro etgan.
2008-yilda „Command & Conquer: Red Alert 3“ kompyuter oʻyinida Qoʻshma Shtatlar vitse-prezidenti rolini ijro etgan. 2015-yilda „Kung Fury“ qisqa metrajli filmida kameo ijro etgan va soʻnggi titrlarda qoʻshiq kuylaydi. Keyinchalik ushbu qoʻshiq uchun videoklip suratga olindi, unda xonandaning oʻzi ishtirokida filmdan bir qator oʻzgartirilgan kadrlar mavjud. Ushbu videoklipning YouTubeʼda joylashtirilgan videosida 2017-yil 7-avgust holatiga koʻra 29 milliondan ortiq koʻrishlar yigʻilgan.
1989-yildan 2006-yilgacha boʻlgan vaqtda aktrisa Pamela Bax bilan turmush qurgan, ularning ikki qizi bor – Teylor-Enn Janis Hasselhof (05/05/90) va Hayley Amber Hasselhoff (08/26/92), 2006-yilga kelib ular ajrashishgandan soʻng, bolalarning ikkisi ham Hasselhoff bilan qolgan.
Filmografiyasi
Diskografiyasi
Albomlari
Singllari
Manbalar
uz.wikipedia.org