David Damiano
Damiano David (talaffuzi: Damiano Devid; 8-yanvar 1999-yil, Rim, Italiya) — Zitti e buoni qoʻshigʻi bilan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2021 da gʻolib chiqqan Måneskin nomli italyan rok guruhining bosh vokalisti va solisti. Damioning ijodiy uslubi xarizma, shafqatsizlik, isyonkorlik bilan ajralib turadi; tanasida koʻplab tatuirovkalar mavjud. Damiano Italiyadagi eng koʻp maosh oluvchi rok musiqachilaridan biri hisoblanadi.
Tarjimayi holi
Yoshligida Damiano Rim basketbol klubida basketbol oʻynagan.
16 yoshida basschi Victoria De Angiles, gitarachi Thomas Raggi va barabanchi Ethan Torchio bilan birga Måneskin guruhining bir qismi sifatida musiqa bilan doimiy shugʻullanish uchun Rimdagi Eugenio Montale lingvistik oʻrta maktabini tashlab ketgan.
Victoriya De Angelisning soʻzlariga koʻra, dastlab Damiano guruh bilan uncha kelisholmagan, chunki guruh metall ijro etishni, Damiano esa pop musiqasini ijro etishni xohlagan. Keyinchalik ular barabanchi Ethan Torcioni Facebookdagi eʼlon orqali topgalar.
Guruh oʻzining birinchi qadamlarini koʻcha musiqachilari sifatida boshlagan, Rimning Via del Korso tarixiy kochalarida kuylab, birinchi singlini chiqarish uchun pul ishlab topgan.
Shaxsiy hayot
Damianoning shaxsiy hayoti bilan bogʻliq koʻplab mish-mishlar tarqaganidan soʻng, 2021-yilda u moda modeli Giorgia Soleri bilan toʻrt yildan beri uchrashayotganini eʼlon qilgan.
Damiano „Roma“ futbol klubini qoʻllab-quvvatlaydi.
Tatuirovkalari
Damianoning tanasida koʻplab tatuirovkalar mavjud boʻlib, ularning eng diqqatga sazovori koʻkrak qafasidagi IL BALLO DELLA VITA (italyanchadan — Hayot raqsi), guruhning Il ballo della vita debyut albomiga bagʻishlangan .
X Factor shousida ishtirok etgandan soʻng, Damiano oʻng soniga tikan tojli Iso Masih tasviriga oʻxshash tatuirovka chizdirgan (xochga mixlangan Muqaddas Yurakni ushlab turgan qoʻllar, barmoqlari bilan), tasvir Damianoning oʻziga oʻxshab ketganligi sababli janjalga olib kelgan, yaʼni Damianoni kufrlikda ayblaganlar ammo u tasvir „hech kimni xafa qilish yoki hurmatsizlik uchun moʻljallanmaganligini“ tushuntirgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org