David Alfaro Siqueiros




SIKEYROS (asli Alfaro Sikeyros, Alfaro Sicueros) Xoce David (1898.29.12, Chiuaua — 1974.6.1, Kuernavaka) — meksikalik rassom, Meksika monumental rang-tasvir maktabi asoschilaridan biri va uning yirik namoyandasi; jamoat arbobi. Mexiko Badiiyot akadimyasi (1911) va SantAnit (1913)da taʼlim olgan. S. siyosiy faoliyatini professional rassomlik bilan birga olib borgan. Prezident V. Karranso armiyasi ofitseri boʻlgan. D. Rivera, X.K.Orosko bilan Meksikada davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan "Inqilob rassom, haykaltarosh va graverlari sindikati"ni tashkil etgan (1922; 1922—25 yillar bosh sekretari). 1932—34. va 1935—36 yillar AQShda ishlagan, NyuYorkda tajriba ustaxonasiga asos solgan (1936). Lotin Amerikasi mamlakatlari (Argentina, Chili, Kuba va boshqalar)da monumental sanʼat taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. S. asarlariga joʻshk,inlik, ekspressivlik, katta plastik kuch bagʻishlab, badiiy asarning ommaga aktiv taʼsirining yangi tamoyillarini ishlab chiqqan. S. Mexikodagi Milliy tayyorlov maktabi (1922—23), Nafis sanʼatlar saroyi (1945 va 1950—51), Tarix milliy muzeyi (1959-yildan) binolaridagi devoriy rasmlarni, universitet shaharchasi rektorat binosi tarzidagi mozaika va relyeflarni (1952—54) hamda dastgoh asarlari ("Proletariat onasi", 1929— 30; "J. Gershvin portreta", 1936 va boshqalar), koʻplab litografiyalar, rasmlar yaratgan. S. 20-asrning yirik sanʼatkori sifatida rassomlar (jumladan, Oʻ. Tansiqboyev, N. Karaxan, B. Jalolov, J. Umarbekov va boshqalar)ga kuchli taʼsir koʻrsatgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz