David Ajiboye




David Ibukun Ajiboye (talaffuzi: Devid Ibukun Ajiboyi) (1998-yil 28-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi, Angliyaning „Birinchi liga“ klubi „Peterborough United“da hujumchi sifatida oʻynaydi.

Bromleyda tugʻilgan Ajiboye 2015-yilda „Brighton & Hove Albion“ klubiga qoʻshildi va 2017-yilda „Worthing“ klubiga ijaraga oʻtdi. U 2018-yil yozida „Brighton“ tomonidan qoʻyib yuborildi, chunki u klub uchun maydonga tusha olmadi va sobiq ijara klubi Worthingga qoʻshildi. Worthingdagi bir mavsumdan soʻng u „Milliy liga“ning „Sutton United“ jamoasiga qoʻshildi va 2021-yilda klub bilan „Ikkinchi liga“ga koʻtarildi.

Faoliyati



Aljiboye Bromley shahrida tugʻilgan, 2015-yilda ikki yillik Brighton & Hove Albion bilan shartnoma imzoladi, U 2017-yilda „Istmian Liga Premyer-divizioni“da Worthingda ijarada oʻynagan va u yerda 2 ta oʻyinda maydonga tushgan edi. U „Brighton & Hove Albion U21“ uchun „Angliya Futbol ligasi“da debyut oʻyinida 2017-yil 29-avgustda „Milton Keynes Dons“ga qarshi oʻynadi. 2018-yil yanvar oyida u „Millwall U23“ga mavsumning qolgan qismida ijara asosida qoʻshildi. U 2018-yil yozida „Brighton“ tomonidan qoʻyib yuborildi va koʻp oʻtmay sobiq „Worthing“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U 2018\2019-yilgi mavsumda Worthing uchun 45 oʻyinda 21 ta gol urdi.

Sutton United



2019-yilning yozida Ajiboye „Milliy liga“ning „Sutton United“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U 2019\2020-yilgi mavsumda 37 ta oʻyinda 4 ta gol urdi, bu mavsum „COVID-19 pandemiyasi“ tufayli muddatidan oldin yakunlandi. Sutton United 2020\2021-yilgi mavsum oxirida „Milliy liga“ chempioni sifatida „Ikkinchi liga“ga koʻtarildi, Ajiboye oʻsha liga davomida 5 marta gol urgan. 2021-yilning 29-iyunida Ajiboye klub bilan yangi shartnoma imzolagani, uning oldingi shartnomasi tugash arafasida ekanligi maʼlum boʻldi. U 2020\2021-yilgi mavsumda „Milliy liga“ning eng yaxshi jamoasi aʼzosi deb topildi.

U 2021-yilning 7-avgustida „Forest Green Rovers“ga qarshi o‘yinda (2:1) „Ikkinchi liga“da debyut qilgan. U mavsumdagi ilk golini 2021-yil 28-avgust kuni „Oldham Athletic“ga qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi.

Peterborough United



2022-yil 22-iyun kuni Ajiboye „Birinchi liga“ klubi „Peterborough United“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi



Klub




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz