David



David Jak Lui (1748.30.8, Parij — 1825.29.12) Bryussel — fransuz rassomi, inqilobiy klassitsizmning yetakchi namoyandasi. Parijdagi Qirollik rassomlik va haykaltaroshlik akademiyasida (1766—74; 1784 y.dan akademik), 1775—80 y.larda Rimda ta’lim olgan. Qad. tarixiy mavzulardagi asarlarida klassitsizm xususiyatlari ko‘zga tashlanadi («Goratsiylar qasamyodi», 1784; «Liktorlar Brutga uning o‘g‘li jasadini keltirmoqdalar», 1789 va b.). Ulug fransuz inqilobi (1789—94)da faol qatnashgan, yakobinchilar Konventi a’zosi bo‘lgan. Qahramon zamondoshlari qiyofasini aks ettirgan asarlar yaratgan («To‘p o‘ynaydigan zalda qasamyod», 1791; «Maratning o‘limi», 1793 va b.). Termidorianlar to‘ntarishidan so‘ng inqilobiy harakatdan chetlashdi. Direktoriya yillari, keyinroq Imperiyada D. Napoleonning birinchi rassomi bo‘lgan. Ko‘rinishda yoqimli, tantanavor (saroybop) asarlar («Napoleon Sen-Bernardan o‘tishda», 1800; «Napoleonning Jozefinaga toj kiydirishi», 1805—07 va b.), o‘ta nafis portretlar («Madam Rekame», 1800 va b.) yaratdi. Ayni paytda realistik portretlari ham dunyoga keldi («Grendl oilasidan o‘smir portreta», 1816 va b.). Burbonlar hokimiyatga qaytishi b-n Bryusselga ketadi.

Manba



O'zME
fransuz rassomi, inqilobiy klassitsizmning yetakchi namoyandasi



Uzpedia.uz