Dave Itzkoff




David L. Itzkoff (1976-yil 2-martda tugʻilgan) — amerikalik jurnalist va yozuvchi, The New York Times gazetasining madaniyat muxbiri. U giyohvandlik bilan shugʻullanadigan otasi qaramogʻida oʻsib-ulgʻayganligi haqidagi "Kokainning oʻgʻli" kitobining muallifi. Times’ga qoʻshilishdan oldin Spin jurnalida va Maksimda yordamchi muharrir boʻlgan.

Bolaligi va oilasi



Itzkoff Nyu-York shahrida Madelin va Gerald Itzkoff oilasida tugʻilgan va u Bronxda oʻsgan. Uning otasi kokainga qaram boʻlib qolgan edi, bu Davining uy hayotiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Uning psixiatr Amanda ismli singlisi bor. U yahudiy; uning otasi tomonidan bobosi moʻyna savdosida ishlagan rus yahudiylaridan edi.

Itzkoff 1998-yilda Prinston universitetida ingliz adabiyoti boʻyicha bakalavr darajasini oldi. U 2008-yilda aktrisa va qoʻshiqchi Amy Justmanga uylangan va Nyu-Yorkda yashaydi.

Faoliyati



1999-yilda Deyv Itzkoff Details jurnalida muharrir yordamchisi boʻlib ishlagan. 1999-yildan 2002-yilgacha Maxim jurnalida va 2002-yildan 2006-yilgacha Spin jurnalida ishlagan. 2007-yil iyunidan 2008-yil iyuligacha Itzkoff The New York Times gazetasining Sunday Styles boʻlimida mustaqil muharrir boʻlib ishlagan. Dave The New York Times gazetasining madaniyat muxbiri edi va tez-tez kino, televidenie va komediyalar haqida ham yozgan. Uning soʻnggi ishi — Robin Willamsning tarjimaiy holi boʻldi.

Kitoblar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz