Davats Larisa Iosifovna



Davats Larisa Iosifovna (1937, Tyanszin sh., XXR hududida) — grafik rassom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1987). Moskva rassomlik in-tida ta’lim olgan (1958—64). 1964 y.dan O‘zbekistonda. D.ning mahorat b-n yaratgan asarlari ko‘tarilgan mavzular mazmunini anik, ochib bera olishi b-n ajralib turadi: «Qirg‘iziston» turkumi (guash, 1967, 1973), «Kutish» (1985), «Urushga yo‘l yo‘q» triptixi (1986) va b. oq-qora, rangli asarlari shular jumlasidan. O‘zbekistan (mas, S. Axmad, S. Zunnunova, A. Oripov), Qirg‘iziston (Ch. Aytmatov) va b. kardosh xalqlar, shuningdek, chet mamlakatlar (U. Uitmen, AQSh) mumtoz yozuvchilarining asarlarini badiiy bezadi. So‘nggi yillarda rangtasvirda ijod qilmoqda («Yoshlik xotiralari», «Dengiz chig‘anoqlari» va b.).

Manba



O'zMe
grafik rassom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi



Uzpedia.uz