DAVAO



DAVAO — Filippindagi shahar. Davao provintsiyasining ma’muriy markazi. Mindanao orolidagi Davao buxtasidagi port. Xalqaro aeroport bor. Aholisi 1,1 million kishi (2000). Abaka yetishtiriladigan va ularga ishlov beriladigan rayonning muhim markazi hamda Mindanao orolining asosiy savdo shahri. Yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Davao orqali chetga Abaka, kopra va yog’ochtaxta chiqariladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz