Davan



Davan (xitoycha Dayuandan olingan) — Farg‘ona vodiysidagi qad. davlat. Mil. av. 2—1-a.lardagi Xitoy manbalarida keng, obod, boy mamlakat — D. haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. D. shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulug‘ hukmdor qarorgohi Gushan (hoz. O‘zgan sh. deb taxmin etiladi)da bo‘lgan. Podsho qokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qo‘yilgan. Oliy kengash qukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto o‘lim jazosiga hukm qilishi mumkin bo‘lgan. D. atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. 3-a. gacha uchraydi. So‘ngra D. o‘rniga «Boxan» va «Polona» (mil. 5-a.) atamalari uchrab muarrixlar ushbu atamalar qad. D. ga moe keladi deb qayd etib o‘tganlar. Xitoyliklar D. deb nomi toxarlar (Taxwar) b-n bog‘liq bo‘lgan mamlakatni atashgan degan fikr bor. Mil. av. 2-a. oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, D. aholisi 300 ming kishini tashkil qilgan, D.liklar ko‘zlari kirtaygan, qalin soqolli xalq bo‘lib, savdo-sotiq ishlarida mohirliklari b-n nom chiqarishgan. D.da xotin-qizlar izzat-ikrom qilingan. D.da yetishtirilgan «osmon tulporlari» — arg‘umoqlar Sharkda mashhur bo‘lgan. Mil. av. 104— 101 y.larda Xitoy askarlari D.ga ikki bor hujum qilganlar. 1-hujum Xitoy askarlarining mag‘lubiyati b-n tamom bo‘lgan, chunki ular istehkomga aylantirilgan qishloqlarning qarshiligini sindirish uchun ojizlik qilganlar. Xitoyliklar 60 ming kishilik katta qo‘shin b-n ikkinchi marta hujum qilib, 101 y.da Ershi sh.ni qamal etishgan (q.Ershi mudofaasi).

Manba



O'zME
Farg‘ona vodiysidagi qadimgi davlat



Uzpedia.uz