Datolit




Datolit (yun. dateomaj — boʻlaman va lithos — tosh) — mineral, orolsimon silikatlar kichik sinfiga mansub borsilikat. Kimyoviy formulasi Ca[BOH(SiO4)], tarkibida 21,8% V2O3 (borat angidrid) bor. Monoklin singoniyali; donador kristallar va zich agregatlar, oqma, radial shuʼlali ajralmalar holida uchraydi. Rangi oq, och yashil, sariq, sargʻish-yashil. Shishadek yaltiroq. Qattiqligi 5—5,5. Zichligi 3,0 g/sm3. Gidrotermal jarayonda hosil boʻladi. Oʻzbekistonda Qurama togʻlaridagi skarnlarda bor. Xorijda Rossiya (Shim. Ural, Primorye), Tojikiston, Germaniya (Shvarsvald), Norvegiya, AQSH (Pensilvaniya shtati), Yaponiyada topilgan. D. bor rudalari tarkibiga kiradi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz