Dastonbek Otabolayev




Dostonbek Otabolayev (1993-yil 5-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyatida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik karatechi.

Biografiyasi



2021-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida erkaklar o‘rtasida 75 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Karate bo‘yicha O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi birinchi jahon chempioni. Xalqaro toifadagi sport ustasi va toʻrtinchidan qora belbogʻ sohibi. Dostonbek karate boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi sardori[2]. 2022-yilgi Jahon oʻyinlarida Oʻzbekiston karatesi tarixida ilk bor bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2016-yilda Portugaliyaning Braga shahrida talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan karate boʻyicha jahon chempionatida 75 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, erkaklar o‘rtasida 75 kg vazn toifasida Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida boʻlib oʻtgan 2017-yilgi Islom birdamlik oʻyinlarida bronza medaliga ega chiqqan.

2018-yilda Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida erkaklar o‘rtasida 75 kg vazn toifasidagi musobaqalarda ishtirok etadi va ilk uchrashuvda bronza medali sohibi iordaniyalik Bashar Al-Najjarga imkoniyatni boy beradi. 2019-yilda O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida jamoaviy bahslarda bronza medalini qo‘lga kiritgan.

2021-yil iyun oyida Dostonbek Otabolayev 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritish maqsadida Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon Olimpiya saralash turnirida ishtirok etadi, biroq musobaqada Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmaydi.

Dostonbek, shuningdek, Karate 1 Premer ligasining bir qancha musobaqalarida ham ishtirok etgan va bir qator medallarni qoʻlga kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz