DASTMOYA



DASTMOYA — mayda savdo muomalasida amal qiluvchi aylanma mablag’; savdo-sotiq ishlarida aylantirib turiladigan, foyda keltiradigan dastlabki asosiy mablag’. Ilgari kosiblar qo’lidagi aylanma mablag’ (xom ashyo, materiallar olish uchun ishlatiluvchi mablag’) ham Dastmoya deyilgan. Tovar-pul munosabati kengayib, ayrim kosib va mayda savdogarlar boyib ketsa, ular qo’lidagi Dastmoya yirik mablag’ — kapital (sarmoya)ga aylanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz