Dastlabki tergovni to'xtatish




Dastlabki tergovni toʻxtatish  — Tergov jarayonida toʻsqinlik qiladigan va tergov harakatlarini olib borishga imkon bermaydigan holatlar vujudga kelishi munosabati b-n amalga oshiriladi.

Jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlarini olib borishni toʻxtatish dastlabki tergov, sud muhokamasiga tayinlash va sud muhokamasi davrida ham uchrashi mumkin. Tergov harakatlarini olib borishni toʻxtatish tushunchasi dastlabki tergov mobaynida amaliyotda koʻproq qoʻllaniladi. Chunki, tergov harakatlarini olib borishga imkon bermaydigan holatlar aynan dastlabki tergov jarayonida koʻp uchraydi, bu holatni bartaraf etgandan keyingina dastlabki tergovni olib borish mumkin boʻladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz