DASTGOH SAN’ATI



DASTGOH SAN’ATI – tasviriy san’atyaning mustaqil ahamiyatga ega bo’lgan turi. Asarlar bevosita dastgoh (molbert, haykaltaroshlik dastgohi) yordamida yaratilgani uchun shunday nomlanadi. Tarixi antik davrdan boshlanadi (qadimgi haykallar va boshqalar). Uyg’onish davrida yanada rivojlandi, 19-asrdan keng tarqaldi, 20-asrda mazmunan boyidi, tasvir imkoniyatlari kengaydi. O’zbekistonda Dastgoh san’ati 19-asrning 40-yillarida paydo bo’la boshlagan, 20-asrning 20-yillaridan rivojlandi (masalan, O’. Tansiqboev, B. Hamdamiy, Sh. Hasanova, I. Ikromov va boshqalarning asarlari).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz