DASTAKI MASHINALAR



DASTAKI MASHINALAR, mexanikaviy asboblar — motori (dvigateli) ichiga o’rnatib ketiladigan va qo’lda ishlatiladigan texnologik mashinalar. Asosiy Dastaki mashinalar jumlasiga parmalash, silliqlash-yaltiratish mashinalari (asboblari), mexanik arralar, qaychilar, bolg’alar kiradi. Dastaki mashinalar yuritmasi pnevmatik (havoli), elektrik, gidravlik (suyuqlikli) va boshqalar bo’lishi mumkin. Dastaki mashinalarni operator (malakali ishchi) ishlatadi. Motorsiz Dastaki mashinalar (masalan, arra, randa, parma va boshqalar) dastaki (qo’lda ishlatiladigan) qurollar deb ataladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz