Dasta (oʻsimlik)




Dasta — ipak qurti pilla oʻrashi uchun soʻkchakka bostiriladigan oʻsimlik va b. materiallardan tayyorlanadigan bogʻlam. D. past boʻyli, tikansiz, mayda bargli, sertuk oʻtlar (mingbosh, oqbosh, sariqbosh, shuvoq, qargʻatirnoq va b.) dan tayyorlanadi. Oʻt soyada quritilgach, hovol qilib bogʻlanadi. D.ni poxol, qogʻoz, karton, kanop, sim, kapron va b. materiallardan ham tayyorlash mumkin. Bir quti urugʻdan chiqqan qurtlar uchun oʻt D.dan 350 yoki poxol D.dan 150 dona qoʻyiladi.

Adabiyot






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz