DASIT



DASIT (lotincha Dacia — Dakiya) — nordon effuziv tog’ jinsi. Granodiorit va kvarsli dioritlarning effuziv turi. Dasit paleozoy (Ural), mezozoy, kaynozoy (Kavkaz) davridagi vulkanlardan otilib chiqqan. Shuningdek, Dasit keyingi paytda Kamchatkadagi vulkan lavalaridan ham hosil bo’lgan. O’zbekistonda Chatqol Qurama, Hisor tog’larida tarqalgan. Dasit bor joyda alyuminiy, oltin, mis, polimetall konlari bo’lishi mumkin. Dasit qurilish materiali.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz