Dashtobod




Dashtobod  — Jizzax viloyati Zomin tumanidagi shahar (1974). 1937 yilgacha Qoratepa qishlogʻi, 1937—74 yillarda Obrucheve shahar posyolkasi, 1974-yildan 1996 yilgacha Ulyanova, oʻsha yildan Dashtobod nomi bilan yuritilgan. Viloyat markazi Jizzax sh.dan 50 km. Tumanning shimoli-sharqiy qismida, Turkiston tizmasining shim. togʻ oldi bilan Mirzachoʻl oraligʻidagi qad. karvon yoʻlida joylashgan. Aholisi 25 ming kishi (2000). Shaharda paxta tozalash zdi, un kombinati, devor qoplama materiallari, lak-boʻyoq, qurilish, avtotransport korxonalari, notoʻqima mato tayyorlash firmasi, dehqon bozori, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, mehmonxonalar, 5 umumiy taʼlim, sport maktablari, kasalxona, tugʻruqxona, sport majmuasi bor. Dashtoboddan Toshkent — Sa-marqand temir yoʻl va Katta Oʻzbekiston trakti kabi magistral yoʻllar oʻtgan. Zomin—Dashtobod suv kuvuri qurilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz