Dashti Margʻo




Dashti margʻo (forscha: دشت مارگو) — Afgʻonistonning jan.-gʻarbdagi choʻl, Hilmand va Xashrud daryo vodiylari oraligʻida. Mayd. 150 ming km². Bal. 500—700 m. Dor daryosining qurigan oʻzani kesib oʻtadi. Iqlimi subtropik; yogʻin yiliga 50— 100 mm. Yer yuzasining koʻp qismi toshloq va gil tuproqli, baʼzi joylarida shuvoq va boyalichlar oʻsadi. Jan.-gʻarbida qum tepalari bor, ular oraligʻi esa taqir va shoʻrxoklardan iborat. Yaylov chorvachiligi va tuyachilik bilan shugʻullaniladi. Choʻlning chekka qismida vohalar uchraydi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz