Dashti lut




Dashti lut (forscha: دشت لوت) — Eron togʻligining markaziy qismidagi choʻl. Uz. 550 km, eni 100—200 km. Balandligi, asosan, 500—600 m. Choʻlda berk botiq koʻp. Eng baland joyi 2992 m. Koʻp qismi toshloq va gil tuproqli; shoʻrxoklar ham uchraydi. Choʻlning jan. va sharqidagi bal. 200 m gacha boʻlgan qum tepalarida saksovul, juzgʻun va b. oʻsadi. Choʻlning chekkalaridagina uchraydigan vohalarda xurmo yetishtiriladi, suv tanqis.

Adabiyot




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz