DASHTI KAVIR
DASHTI KAVIR — Eron tog’ligining shimoli-sharqidagi cho’l. Uzunligi qariyb 500 kilometr, eni 250 kilometr chamasida. Maydoni 55 ming kilometr kvadrat. Balandligi 600-800 metrli qator berk botiqdan iborat. Botiqlarda taqirlar, sho’rxoklar, qurib qoladigan sho’r botqoqliklar va ko’llar bor. Ko’p qismida o’simlik deyarli o’smaydi. Yozda yer yuzasi qalinligi bir necha santimetrli oppoq tuz qatlami bilan qoplanadi. Bahorgi namgarchilikda bu yerlarda yurib bo’lmaydi. Cho’lning shimoliy chekkasida yirik vohalar bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz