Dasht zonalari
Dasht zonalari — tabiiy landshaftlarida koʻp joyni dashtlar egallagan tabiat zonalari. Shimoliy va Janubiy yarim sharlarning moʻʼtadil va subtropik mintaqalarida tarqalgan. 1) moʻʼtadil mintaqalarning dasht zonalari. Iqlimi quruq, kontinental iqlim, suvayirgʻichlari oʻrmonsiz. Qoratuproq, toʻq kashtan va kashtan tuproqlarda oʻtsimon, koʻproq boshoqli oʻsimliklar oʻsadi. Yevrosiyo, Shimoliy Amerika hududlarida yaqqol koʻzga tashlanadi, Janubiy Amerikaning janubida ham uchraydi. Dasht zonalari yuzasida jami quyosh radiatsiyasining koʻlami yiliga 500—580 kj/sm2 (120—140 kkal/sm2), radiatsiya balansi 145—190 kj/sm2 (35—45 kkal/ sm2). Moʻʼtadil issiq, yogʻin kam, quyoshli yoz kam qorli sovuq qishga tez oʻtadi. Shimoliy yarim sharda iyulning oʻrtacha temperaturasi 20—24°, yanvarniki 0° dan — 30° gacha (Oʻrta Sibirning jan. va Markaziy Osiyoda). Yiliga 200 mm dan 400 mm gacha yogʻin tushadi. Qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Qishda qor boʻronlariga, yozda esa garmsel (suxovey) va toʻzonga aylanadigan kuchli shamollar boʻlib turadi. Dare kam, suv miqdori mavsumga qarab keskin oʻzgarib turadi. Gʻovak, lyossimon jinslarning keng tarqalganligi jarlar hosil boʻlishiga, tabiiy oʻsimlik qoplamining keskin kamayishiga olib keladi. Qoratuproqlar gumus va karbonatlarga boy boʻlgani uchun unumdor. Toʻq kashtan va kashtan tup-roklarda gumus kam, shoʻrtob boʻlganidan unumdorligi past. Dasht zonalari ning asosiy qismi haydalib ekinzorlarga aylantirilgan. Tabiiy oʻsimliklardan bo-shoklilar bilan chalov, betaga, chillak-oyoq, qoʻngʻirbosh Zabaykalye va Markaziy Osiyo dashtlarida, bizon oʻti, daraxtsimon oʻsimliklar Shimoliy Amerikaning preriyalarida saqlanib qolgan. Ayrim joylarda butalar, daryo kayirlarida oʻrmonlar uchraydi. Bahorda efemer va efemeroidlar usadi. Yevrosiyo Dasht zonalarining gʻarbida qarsoq tulki, boʻri, sichqon, dasht olaquzani, boʻrsiq, yumronqoziq, koʻrsichqon, qoʻshoyoq, sharqida jayran, daur kirpisi va b., Shimoliy Amerikada bizon, burama shoxli antilopa, dasht boʻrisi, yumronqoziqning bir necha turi, Qozogʻistonda dasht burguti, toʻrgʻay, sudralib yuruvchilardan dasht qora iloni, kaltakesak, sariq qorinli chipor ilon, choʻl baqasi yashaydi.
Sharqiy Yevropa tekisligida qoʻriq dashtlar faqat qoʻriqxonalarda qolgan. Qurgʻoqchilik koʻp bulganligidan, suv va shamol eroziyasi tufayli dehqonchilik melioratsiyaga muhtoj. Dashtlarning tabiiy landshafti Janubiy Sibirning botiqlarida va Markaziy Osiyo togʻlarida yaxshi saqlangan; 2) sub-tropik mintaqalarning dasht zonalari — iqlimi quruq issiq, tabiiy landshaftlarda oʻt vabuta oʻsimliklari oʻsadi. Asosan 25° va 40° sh. k. va j. k.lar orasida joylashgan. Shimoliy Amerikada Kaliforniya vodiysida, Kolorado platosida, Buyuk tekisliklarning jan. qismida, Meksika togʻligining ichki qismida uchraydi. Janubiy Amerikada Laplata pasttekisligining va And togʻ oldilaridagi pampalarla, Avstraliyada — materikning jan. va jan.-gʻarbiy qismidagi tekisliklarda, Zakavkazyeda Kura-Araks pasttekisligining togʻ oldi qismlarida uchraydi.
Dasht zonalari yuzasida jami quyosh radiatsiyasining koʻlami yiliga 580—790 kj/sm2 (140—180 kkal/sm2), radiatsiya balansi 210—290 kj/sm2 (50—70 kkal/sm2). Qishi iliq, qorsiz, eng sovuqoyning oʻrtacha havo temperaturasi 5—12°, onda-sonda sovuqurish kuzatiladi. Yozi issiq, eng issiq oyning oʻrtacha temperaturasi 20—25°, vegetatsiya davrini 3—4 oygacha qisqartiradigan tez-tez kuchli qurgʻoqchilik boʻladi. Yiliga 500—600 mm yogʻin tushadi, materiklarning sharqida maksimum yogin yozda, gʻarbida esa qishda boʻladi. Yer ustki oqimlari kam, daryolari kamsuv, qurgʻoqchil mavsumlarda koʻpincha qurib qoladi. Tuproqlarida temir va alyuminiy oksidlari koʻp. Tuproqlarning minerallashish jarayonlari mavsumiy boʻlib, qurgʻoqchil davrda toʻxtaydi yoki keskin kamayadi. Koʻp joylarda shoʻrlangan tuproklar shakllanadi. Tabiiy oʻsimliklar tarkibida chimli boshoqlilar, ayrim joylarda butalar uchraydi. Daryo vodiylari oʻrmonzor. Daryolar oraligʻida baʼzan daraxtzorlar uchraydi. Hayvonot dunyosida kemiruvchilar, tez chopar tuyoqlilar, shuningdek, sudralib yuruvchilar, hasharotlardan toʻgʻriqanotlilar uchraydi. Xoʻjaligi yaylov chorvachiligi va dehqonchilikka ixtisoslangan.
Adabiyot
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Dasht zonalari — geografiyada keng maydonlarni egallagan, o‘simliklar va iqlim sharoitlariga ko‘ra xarakterlanadigan, ko‘plab o‘simlik va hayvon turlarining yashash joyi hisoblangan hududlardir. Dashtlar asosan tropik va subtropik mintaqalarda, shuningdek, ba’zi tropik va yarim qurg‘oqchil hududlarda joylashgan.
Dasht zonalarining asosiy xususiyatlari:
-
Iqlim sharoiti:
- Dashtlar o‘zlarining harorat va yomg‘ir miqdori jihatidan o‘zgaruvchan iqlimga ega. Ko‘p hollarda ular qurg‘oqchil yoki yarim qurg‘oqchil hududlarda joylashgan.
- Yilishlar odatda qurg‘oqchil yoki kam yog‘ingarchilikka ega bo‘ladi.
-
O‘simliklar va hayvonot olami:
- Dashtlarda o‘sadigan o‘simliklar asosan g‘alla, qirqsoy, o‘tlar (step) va boshqa qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar hisoblanadi.
- Hayvonot olamida esa otlar, tuya, tulki, yirik sudralib yuruvchi hayvonlar, qushlar va hasharotlar ko‘p uchraydi.
-
Qishloq xo‘jaligi:
- Dasht zonalari ko‘pincha chorvachilik va qishloq xo‘jaligi uchun qulay hisoblanadi. G‘alla, bug‘doy, jo‘xori kabi ekinlarni yetishtirishda keng foydalaniladi.
Dashtlar turlari:
- Qurg‘oq dashtlari: Kam yog‘ingarchilik, asosan cho‘l va yarim cho‘l hududlarida joylashgan.
- Yoreshtirilgan dashtlar: Ko‘proq o‘tloqlar va qishloq xo‘jaligi uchun mos maydonlar hisoblanadi.
- Tropik dashtlar: Masalan, Afrika va Janubiy Amerikadagi savannalar — bu turdagi dashtlarda yog‘ingarchilik yillik tsiklda aniq kuzatiladi.
Mashhur dasht zonalari:
- Sahara cho‘li atrofidagi yarim cho‘l zonalari
- Amerika qit’asining orasidagi preriyalar
- Markaziy Osiyodagi dasht va yarim choʻllar
- Afrikadagi savanna zonalari
Xulosa:
Dasht zonalari geografik jihatdan muhim hududlar bo‘lib, ular o‘ziga xos iqlim, o‘simlik qoplami va hayvonot olamiga ega. Bu zonalar inson faoliyati, xususan qishloq xo‘jaligi va chorvachilik uchun muhim ahamiyatga ega. Ularning tabiiy sharoitlarini o‘rganish ekologiya, geografiya, agronomiya kabi fanlar uchun katta qiymat kasb etadi.