Dashnobod




Dashnobod — Surxondaryo viloyati Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi soy, Toʻpolondaryoning chap irmogʻi. Hisor tizmasining tarmogʻi — Qoldirgʻa togʻining jan.-gʻarbiy yon bagʻridan oqib tushuvchi 60 ga yaqin irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Boshlanishida Sulpasan, yuqori oqimida Obizarang, oʻrta oqimida Labob va quyi oqimida D. deb ataladi. Uz. 58 km, havzasining mayd. 330 km. D. qor-yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 3,67 m-/sek. Tulin suv davri mart — iyunda kuzatiladi, suvining 85— 90% shu oylarda oqib oʻtadi. D.da suv aprelda keskin koʻpayib (oʻrtacha suv sarfi 12,3 m3/sek), okt,—noyabrda kamayadi, baʼzan qurib qoladi. Bahorda koʻpincha sel toshqinlari kuzatiladi va daryo suvi 84,5 m3/sek.gacha ortadi. D.dan Obizarang, Shargʻun, Dashnobod, Soʻfi-yon qishloq ekinzorlari sugʻoriladi.

Adabiyot






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz