Darzangi




Darzangi — Oʻzoskistonning janubidagi qad. shaqar harobasi (mil. 1 — 13-asr boshi). Surxondaryo viloyatidagi Bandi-xonsoy (Koʻkjara)ning Surxondaryoga quyilish yerida, Qumqoʻrgʻonning gʻarbidagi Jaloir qishlogʻi yaqinida, Termizdan 62 km masofada joylashgan. Shahar harobalari 50 ga maydonni egallaydi. Arab geograflarining bergan maʼlumotlariga koʻra, D. aholi zich yashaydigan goʻzal shahar boʻlib, atrofi xandaq bilan oʻrab olingan, jome masjidi bozorlar orasida joylashgan, shahar aholisi "Chagʻoniyon daryosi" su-vidan ichgan, shuningdek, shahar chetidan yana bir boshqa daryo ham oʻtgan. D. aholisi asosan toʻqimachilik bilan mashgʻul boʻlib turli xil liboslar tikishgan, shuningdek, pichoq qinlari, tasmalar, namat, gilamlar i. ch. bilan mashhur boʻlishgan. D.da chekka oʻlkalarga chiqarish uchun jundan maxsus "chaydam" matosi tayyorlangan, uning koʻrinishi yupqa kigizga oʻxshash boʻlib, u jun adyol yoxud yomgʻirpoʻsh vazifasini oʻtagan (Mahmud Koshgʻariy).

Shahar harobasidan chiqqan arxeologik topilmalar toʻqimachilik Kushon podsholigi davridan boshlab D. aholisining anʼanaviy mashgʻuloti boʻlib kelganligini tasdiqlaydi.

Adabiyot






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz