DARYONING IKKIGA AYRILISHI
DARYONING IKKIGA AYRILISHI, daryolar bifurkasiyasi — Daryo yoki Daryo vodiysining 2 tarmoqqa bo’linishi, ular keyinchalik birlashmaydi va turli havzalarga quyiladi. Daryoning ikkiga ayrilishi ko’pincha yassi suvayirg’ichlarni yer ustki suvlari yuvishi natijasida vujudga keladi; to’linsuv davrida bir havzadan ikkinchi havzaga suvning ko’p quyilishi natijasida mavsumiy Daryoning ikkiga ayrilishi kuzatiladi. Daryoning ikkiga ayrilishi ayniqsa Orinoko Daryo sistemasi (Janubiy Amerika) da kuzatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz