DARYOLAR GIDROLOGIYASI



DARYOLAR GIDROLOGIYASI – quruqlik gidrologiyasining bo’limi. Daryolar, ularning o’zani va havzalaridagi suv oqimi va oqiziklarning gidrologik rejimini o’rganadi. Daryolar gidrologiyasi Daryo o’zanining holatini, tabiiy omillar — yer sirti holati (geologik tuzilishi, relefi, o’simlik qoplami, tuproq sharoiti) va iqlimi (atmosfera yog’inlari, havo harorati) hamda inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan omillarning oqimga ta’sirini o’rganadi. Daryolar gidrologiyasi o’zan jarayonlari, o’zan oqimi dinamikasi, daryolarning temperatura rejimi, muzlash hodisalari, minerallashuv darajasi, shuningdek, daryolarning suv rejimi elementlarini oldindan aytish — bashorat qilish bilan shug’ullanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz