DARYO SHOXOBCHASI
DARYO SHOXOBCHASI – 1) suv havzalarini (ko’llar yoki ko’l bilan Daryo, onda-sonda daryoni ko’l bilan yoki ikki daryoni) o’zaro tutashtiruvchi qisqa kanal (nahr). Shoxobcha, odatda, tabiiy o’zanda vujudga keladi. Tutashtiruvchi shoxobcha Aydar ko’llari, Orinoko daryosi sistemasi (Janubiy Amerika)da mavjud; 2) daryoning orollar bilan bir necha tarmoqqa bo’linishidagi mayda, ikkinchi darajali o’zanlari.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz