Daryo qisqichbaqalari




Daryo qisqichbaqalari – oʻn oyoqli qisqichbaqasimonlar turkumi 2 oilasining umumiy nomi (Astacidae va Parastacidae). Tanasining uz. 6—30 sm, ayrim turlari (Madagaskar D. q.) 80 sm gacha. Afrikadan tashqari moʻtadil iqlimli hududlarning daryo va soylarida hamda gʻor suvlarida uchraydi. Keng barmoqli (Astacus astacus) va ingichka barmoqli D. q. (A. leptodactylus) keng tarqalgan. Keng barmoqli D. q asosan Yevropa daryolarida (mas, Boltiq dengizi havzasida); ingichka barmokli D. q. Qora, Azov, Kaspiy va Orol dengizlari havzalarida uchraydi. Oqadigan daryolar va soylarda yashaydi. Ingichka barmokli D. q. suvoʻtlar, kasal suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Suvning sayoz qismida yashaydi. Urgʻochisi kuzda 50—200 dona tuxum qoʻyadi, tuxumlarni urgʻochisi qorin oyoklariga ilashtirib olib yuradi. D. q.ning ayrim turlari yeyiladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz