DARYO QISQICHBAQALARI



DARYO QISQICHBAQALARI – o’n oyoqli qisqichbaqasimonlar turkumi 2 oilasining umumiy nomi (Astacidae va Parastacidae). Tanasining uzunligi 6-30 santimetr, ayrim turlari (Madagaskar Daryo qisqichbaqalari) 80 santimetrgacha. Afrikadan tashqari mo’tadil iqlimli hududlarning Daryo va soylarida hamda g’or suvlarida uchraydi. Keng barmoqli (Astacus astacus) va ingichka barmoqli Daryo qisqichbaqalari (A. leptodactylus) keng tarqalgan. Keng barmoqli Daryo qisqichbaqalari asosan Yevropa daryolarida (masalan, Boltiq dengizi havzasida); ingichka barmoqli Daryo qisqichbaqalari Qora, Azov, Kaspiy va Orol dengizlari havzalarida uchraydi. Oqadigan daryolar va soylarda yashaydi. Ingichka barmoqli Daryo qisqichbaqalari suvo’tlar, kasal suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Suvning sayoz qismida yashaydi. O’rg’ochisi kuzda 50-200 dona tuxum qo’yadi, tuxumlarni urg’ochisi qorin oyoqlariga ilashtirib olib yuradi. Daryo qisqichbaqalarining ayrim turlari yeyiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz