Daryo nishabligi




Daryo nishabligi - daryo manbasi (boshlanish joyi) bilan mansabi (quyilish joyi) yoki muayyan qismi suvi yuzasi balandliklarining farqi. Balandliklar farqining daryo uzunligiga nisbati nishablik deyiladi. D.n. 1 km uzunlikka nisbatan oʻlcha-nadi; tekislik daryolari uchun 1 km ga bir necha sm, togʻ daryolari uchun 1 km ga bir necha m ni tashkil qiladi. Masalan, daryoning boshlanish joyi balandligi bilan quyilish joyi balandligi orasidagi farq 200 m. Daryoning uz. 100 km, nishabligi 200 m: 100 km = 2 m/km boʻladi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz