Darya Duginaning oʻldirilishi
Darya Aleksandrovna Dugina (ruscha: Дарья Александровна Дугина; 1992-yil 15-dekabr — 2022-yil 20-avgust) —
Darya Platonova (ruscha: Дарья Платонова) nomi bilan tanilgan sobiq rossiyalik aktivist va siyosiy jurnalist. U oʻta oʻng siyosiy fikrlash doirasiga ega jurnalist boʻlib, prezident Vladimir Putinning tarafdori Aleksandr Duginning qizidir. Jurnalist 2022-yilning avgust oyida otasiga qaratilgan suiqasd ehtimolida uyushtirilgan avtomobil portlashi oqibatida vafot etdi.
Yoshligi
Darya Dugina 1992-yilning 15-dekabr sanasida Moskva shahrida Aleksandr Dugin va uning ikkinchi xotini, faylasuf Natalya Melentyeva oilasida tugʻilgan. 2012—2013-yillarda Moskva davlat universitetida tahsil olib yurgan paytlarida Bordo Montaigne universitetida Qadimgi yunon falsafasi boʻyicha stajyorlik faoliyatini olib borgan. 2015-yilda Moskva davlat universiteti falsafa fakultetining aspiranturasini tamomlagan.
Faoliyati
Universitetdan soʻng, Darya Platonova taxallusi ostida davlat nazoratidagi RT televizion tarmogʻida va Kreml nazoratidagi konservativ kanal Sargradda jurnalist boʻlib ishlaydi. U Xalqaro YevroOsiyo Harakatiga aʼzo boʻlgan va u yerda siyosiy sharhlovchi sifatida faoliyat yuritgan.
2022-yilning 3-martida uni AQSh sanksiyalari roʻyxatiga qoʻshgan Qoʻshma Shtatlar Moliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, jurnalist „United World International“ nomli dezinformatsion vebsaytning bosh muharriri boʻlgan. Sayt prezident Vladimir Putinning ittifoqchisi Yevgeniy Prigojinga tegishliligi aytiladi. Ushbu saytni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Vagner guruhi nazorat qiladi. Shu bilan birga, u otasining matbuot kotibi sifatida ham ishlagan.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini davrida
Dugina 2022-yil Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining ochiq tarafdori edi. Xususan, jurnalist bosqin paytida Rossiya armiyasining Ukraina tinch aholisiga qarshi urush jinoyatlari haqidagi gaplar uydirma ekanini daʼvo qiladi. 2022-yilning iyun oyida u bosib olingan Donetsk va Mariupolga tashrif buyuradi. 2022-yil 4-iyulda Britaniya hukumati „turli onlayn platformalarda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bogʻliq keng koʻlamli dezinformatsiya tarqatuchi“ ayblovi bilan unga qarshi sanksiya joriy etgan. Dugina esa oddiy jurnalist ekani va unga sanksiya berilmasligi kerakligini taʼkidlagan.
Oʻlimi
Darya Dugina 2022-yilning 20-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:45 atrofida Moskva tashqarisidagi Bolshiye Vyazyomi aholi punkti yaqinidagi Mojayskoye shosse yoʻlida mashinasi portlashi oqibatida halok bo‘lgan.
Jurnalist, oʻsha kuni, har yili boʻlib oʻtadigan sanʼat ixlosmandlarining oilaviy festivali deya taʼriflanuvchi „Anʼana“ festivalida qatnashib, Moskvaga mashinada qaytayotgan boʻlgan. „Anʼana“ festivali Zaxarova mulkiga tegishli hudud atrofida, Bolshiye Vyazyomidan taxminan 1 km shimolroqda oʻtkazilgan. Tergovchilar mashinaga portlovchi qurilma o‘rnatilganligini taʼkidlashadi.
Taxmin qilinishicha portlatish uchun asosiy oʻlja sifatida uchta variant mavjud: Darya Platonova, otasi Aleksand Dugin, ikkalasi ham. Biroq, asosiy nishon kim boʻlganligi nomaʼlumligicha qolgan.
Reaksiyalar
Duginaning otasi Aleksandr Dugin qotillikni „Ukraina fashistlar rejimi tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik harakati“ deb ataydi va „bizga faqat gʻalabamiz kerak“, deya qoʻshimcha qiladi.
23-avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti matbuot kotibi Stéphane Dujarric Duginaning oʻldirilishi boʻyicha tergov oʻtkazishga chaqirdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Duginaning oilasiga hamdardlik maktubini yo‘llab, uni „haqiqiy rus qalbiga ega yorqin isteʼdodli inson“, deya taʼriflaydi. Putin Duginaning vafotidan soʻng, uni Jasorat ordeni bilan taqdirladi.
Rim papasi Francis Darya Duginaning o‘ldirilishini qoralab, buni „urush jinniligi“ misoli sifatida tilga oladi. Ushbu bayonot Ukrainaning Muqaddas taxtdagi elchisi Andriy Yurash tomonidan qattiq tanqid qilinadi.
Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reinsaluning taʼkidlashicha, vafot etgan jurnalist qotilining Estoniyadagi xavfsiz bandargohga qochib ketgani haqidagi daʼvo „Rossiya hukumati tomonidan juda uzoq davom etgan provokatsiyalar qatoridagi [bir] provokatsiyadir“.
Rossiya hukumati reaksiyasi Donetsk Xalq Respublikasi rahbari Denis Pushilin ushbu halokatli voqea ortida Ukraina rasmiylari turganini daʼvo qiladi.
22-avgust kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) qotillik ortida Ukraina maxsus xizmati turganini, yaʼni, portlashdan so‘ng Estoniyaga qochib ketgan Ukraina fuqarosi — pudratchini yollaganini daʼvo qiladi. FXX maʼlumotlariga koʻra, ukrainalik fuqaro oʻtgan oy Rossiyaga qizi bilan kelganidan soʻng, Dugina istiqomat qilgan binodan kvartira ijaraga olgan va ikkalasi ham Dugina oʻldirilishidan oldin oʻtkazilgan festivalda qatnashgan.
Ukraina hukumati har qanday ayblovlarni rad etgan holda, prezidenti maslahatchisi Mixaylo Podolyak „biz Rossiya Federatsiyasidek jinoiy-terrorchi davlat emasmiz“, deya ayblovlarga javob qaytardi.
Milliy Respublikachilar armiyasining mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishi
Rossiya Davlat Dumasining sobiq deputati, hozirda Ukrainada quvg‘inda yashayotgan Ilya Ponomarevning taʼkidlashicha, hujum uchun Rossiya partizan guruhi mas’ul bo‘lgan hamda shu paytgacha nomaʼlum guruh o‘zini Milliy Respublika armiyasi (MRA) deb ataydi (ruscha: Национальная республиканская армия (НРА)). Ponomarevning fikricha, MRA Putinni hokimiyatdan chetlatish uchun Rossiyada faoliyat yuritadigan yashirin guruhdir. Keyinchalik ushbu guruh yashirin hujayralar „tarmogʻi“ ekanligini daʼvo qiladi.
Ponomarevning Kyiv Post gazetasiga bergan intervyusida, guruh, avvalroq, harbiy induksiya markazlariga anonim o‘t qo‘yish hujumlarini amalga oshirgan. Keyinchalik esa Dugin va Duginani nishonga olishga o‘tgan. Uning taʼkidlashicha, guruhdagi bir kishi suiqasddan bir hafta oldin unga „katta narsani“ kutishni aytgan. Soʻngra esa voqea kuni „yangiliklarni tomosha qilish“ haqida eslatma bergan. Suiqasd haqidagi xabarlar yoritilgandan so‘ng, Ponomarev unga guruh javobgarligi to‘g‘risida dalillar taqdim etilganini da‘vo qilmoqda. Ponomarevning qo‘shimcha qilishicha, uning manbalari nishonga olingan mashinada ikki kishi (yaʼni Dugin va Dugina) bo‘lganiga asoslangan. Ponomarev xuddi shunday maʼlumotni Radio NV (ukraincha: Радіо НВ)ga unga maʼlumot yetkazganlar „ularning ishtirokini isbotlash uchun maʼlum fotosuratlarni yuborganini“ qoʻshimcha qiladi.
Ponomarev suiqasd uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi bilan bir qatorda o‘zining „Fevral tongi“ (ruscha: Утра Февраля) OAVda tashkilotning manifestini eʼlon qildi.
Keyinroq FXX ayblovi haqidagi xabarga duch kelgan Ilya Ponomarev Meduza nashriga uning Milliy Respublikachilar armiyasidagi manbalari ayblanayotgan ukrainalik jinoyatchi ekanligini inkor etishini va uning roli bor-yo‘qligini noaniq qoldirganini taʼkidlaydi. Suiqasdni va MRAni qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qilgandan soʻng, Ponomarev rossiyalik dissidentlarning rejalashtirilgan uchrashuviga chaqirilganini aytildi.
Rossiya MRAsi daʼvolariga shubhali va tanqidiy munosabatlar
21-avgust, 2022-yil(2022-08-21) holatiga koʻra, Associated Press va The Guardian Duginaning oʻlimi va uning oqibatlariga oid maqolalarda Milliy Respublika armiyasi mas’uliyati haqidagi daʼvoni tasdiqlab boʻlmasligi keltirib oʻtadi. Reutersning 2022-yil 22-avgustdagi hisobotida aytilishicha, „Ponomarevning bayonoti va guruhning mavjudligini mustaqil ravishda tasdiqlashning imkoni yoʻq“.
Ponomarevning Meduza nashriga bergan intervyusida muxbir va intervyu muharriri sifatida qatnashgan Svetlana Reiter Ilyaning Rossiya MRAsi haqidagi daʼvolari, Putinning Dumadagi faoliyati va boyligining manbasi haqidagi daʼvolariga shubha bilan qarashlarini bildirishadi. Meduza bosh muharriri Kevin Rothrock Ponomarevning yaxlitligi, MRA mavjudligini shubha ostida ekanligini hamda Dugin ham, Dugina ham nishonga olinmasligi kerak boʻlgan „tinch aholi“ boʻlishganini taʼkidlaydi. Yuliya Latininaning jonli efiridan iqtibos keltirgan holda, Cathy Young Ponomarev „yaxshi hikoyani sotishga urinayotgan gʻiybatchi“ ekanligi haqida mulohaza yuritayotganligini bildiradi. Biroq MRA manifestining vatanparvarlikka chaqirishi qora propagandadan dalolat bermasligini taʼkidlab oʻtadi.
Johns Hopkins ilgʻor xalqaro tadqiqotlar maktabi Henry A. Kissinger nomidagi Global muammolar boʻyicha markazining taniqli professori Sergey Radchenko Deutsche Welle nashriga bergan intervyusida mas’uliyat va manifestning ikkalasini ham „xavfli“ deb hisoblashini aytadi. Deutsche Wellening Kiyevdagi muxbiri Roman Goncharenko guruh haqida „javobdan koʻra savollar koʻp“ va guruhning hayoliy manifestida „biz kabi kurashing, biz bilan kurashing, bizdan yaxshiroq kurashing!“ (ruscha: боритесь как мы, боритесь вместе с нами, боритесь лучше нас!) soʻzlari bilan belgilan shiori Sharqiy Germaniya va Sovet Ittifoqida 1991-yilgacha efirga uzatilgan Deutscher Fernsehfunk bolalar telekoʻrsatuvi (nemischa: Mach mit, mach’s nach, mach’s besser)dagi soʻzlarga oʻxshash ekanligini taʼkidlaydi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org