Darya Domracheva




Darya Uladzimirauna Domracheva (belaruscha: Дар’я Уладзіміраўна Домрачэва; 1986-yil 3-avgustda tugʻilgan) — isteʼfodagi belaruslik biatlonchi va murabbiy, 2006-yildan 2018-yilgacha biatlon boʻyicha Jahon kubogida qatnashgan. U 4×6 km estafeta boʻyicha oltin medalni va 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ommaviy start musobaqasida kumush medal, 2014-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida taʼqib qilish, yakkalik va ommaviy start musobaqalarida uchta oltin medal va 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida shaxsiy musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritgan. Sportchi 2014—2015-yilgi mavsumda biatlon boʻyicha Jahon kubogi gʻolibi boʻlgan.

Faoliyati



Domracheva sport faoliyani 1992-yilda changʻi sporti bilan boshlagan, keyinchaik 1999-yilda biatlonga oʻtgan. U dastlab Rossiyani oʻsmirlar darajasida himoya qilgan, ammo 2004-yilda Belarusga oʻtish taklifini olgan. U 2006-yilda biatlon boʻyicha Belarus milliy terma jamoasiga qoʻshilgan. Domracheva 2005-yilda Kontiolahtida (Finlandiya) boʻlib oʻtgan IBU yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida sprint va taʼqib qilishda gʻolib boʻlgan. Oxirgi bahs boʻlgan yakkalik poygada 40-oʻrinni egallagan.

Domracheva 2006-yilda Men shtatining Presk -Ayle shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida taʼqib qilishda 3-oʻrinni va shaxsiy musobaqalarda 4-oʻrinni egalladi. 2007-yilda u Italiyaning Martell shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida sprint va taʼqib boʻyicha ikkita kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Uning muvaffaqiyati 2008—2009-yilgi mavsumda amalga oshgan, Sportchi ikkita uchinchi oʻrin va bitta ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

Domracheva 2010-yilda Belarusda yilning eng yaxshi ayol sportchisi deb topilagan va oʻsha yili xizmat koʻrsatgan sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan.

2015-yil avgust oyida Domracheva iyul oyida tashxis qoʻyilgan mononuklyoz tufayli JCh-2015—2016-yilgi mavsumini oʻtkazib yuborishga qaror qilgan.

2019-yil sentyabr oyida u turmush oʻrtogʻi Ole Eynar Byorndalen bilan birga Xitoy jamoasiga biatlon boʻyicha murabbiy etib tayinlangan va jamoani 2022-yilda Pekindagi Qishki Olimpiya oʻyinlariga tayyorlagan.

Jahon chempionati



Domracheva 2011—2012 yillarda taʼqib qilish boʻyicha Jahon kubogida gʻolib boʻlgan va 2011—2012-yillarda Ommaviy-Start Jahon kubogida gʻolib chiqqan. 2011—2012-yilgi Jahon chempionatida u Magdalena Noynerdan 1216 ochko ortda qoldirib, 1188 ochko bilan mavsumni ikkinchi oʻrinda yakunlagan.

Rekord




Olimpiya oʻyinlari



6 ta medal (4 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza)

Jahon chempionatlari



7 ta medal (2 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza)

Shaxsiy hayoti




Domracheva Minskda tugʻilgan. U toʻrt yoshga toʻlganda, meʼmor boʻlgan ota-onasi Sibirdagi Nyagan kichik shaharchasiga koʻchib oʻtgan. Domracheva olti yoshida changʻi uchishni boshlagan. Changʻi poygalarida u qizlar oʻrtasida raqobatchi boʻlmagani uchun oʻgʻil bolalar bilan kuch sinashgan. 1999-yilda Nyagan shahrida biatlon maktabi ochilgan, unda Domracheva tahsil olgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz