Darxonariq




Darxonariq (qad. nomi Tarxon Sayyod arigʻi) — Toshkent viloyati va shahridan oʻtuvchi Salor kanalining hozirgi temir yoʻl koʻprigidan yuqoriroqda oʻng qirgʻogʻidan boshlanuvchi kanal. 1950-yillar oxirida yuqori oʻzani tekislab yuborilgach, qolgan qismi Oqqoʻrgʻon kanalining chap shoxobchasiga aylantirildi. Asosan shim.-sharkdan jan.-gʻarbga tomon oqadi. Bosh qismi Oqqoʻrgʻon koʻchasi boʻylab oʻtgan. Uz. 3,1 km. Suv sarfi 0,155 m3/sek. Mirzo Ulugʻbek shahar tumani hududi orqali oʻtadi. 1972 y. taʼmirlandi. Suvi oqovalar bilan ifloslangan. D.da 3 qaynama (dyuker), 7 quvur-koʻprik, 9 tarmoq bor.

Adabiyot




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz