DARXONARIQ
DARXONARIQ (qadimgi nomi Tarxon Sayyod arig’i)— Toshkent viloyati va shahridan o’tuvchi Salor kanalining hozirgi temir yo’l ko’prigidan yuqoriroqda o’ng qirg’og’idan boshlanuvchi kanal. 1950-yillar oxirida yuqori o’zani tekislab yuborilgach, qolgan qismi Oqqo’rg’on kanalining chap shoxobchasiga aylantirildi. Asosan shimoli-sharqdan Janubi-g’arbga tomon oqadi. Bosh qismi Oqqo’rg’on ko’chasi bo’ylab o’tgan. Uzunligi 3,1 kilometr. Suv sarfi 0,155 metr kub/sekund. Mirzo Ulug’bek shahar tumani hududi orqali o’tadi. 1972 yil ta’mirlandi. Suvi oqovalar bilan ifloslangan. Darxonariqda 3 qaynama (dyuker), 7 quvur ko’prik, 9 tarmoq bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz