Darxon




Darxon , Tarxon (qadimgi turk tilida keyin moʻgʻul tilida qoʻllanilgan — temirchi, kosib, ozod kishi) — Turk xoqonligi, keyinchalik esa Chingizxon va uning vorislari tomonidan hukmron sinf vakillariga, oddiy xalq orasidan chiqib, hokimlarga alohida xizmat koʻrsatgan kishilarga berilgan unvon.

D.lik imtiyoziga ega boʻlgan kishi har qanday soliq va majburiyatlardan ozod qilingan, ulugʻ xon huzurida boʻlish huquqidan ham foydalangan. Undan tashqari, D.lar jinoyat qilib qoʻyganda ham, bunday jinoyat 9-marta sodir boʻlguncha javobgarlikka tortilmagan. D.lik moʻgullar, temuriylar va shayboniylar davrida Movarounnahr va Yaqin Sharqda keng tarqalgan edi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz