DARXON
DARXON, Tarxon (mo’g’ulcha — temirchi, kosib, ozod kishi) — Chingizxon va uning vorislari tomonidan hukmron sinf vakillariga, oddiy xalq orasidan chiqib, hokimlarga alohida xizmat ko’rsatgan kishilarga berilgan unvon. Darxonlik imtiyoziga ega bo’lgan kishi har qanday soliq va majburiyatlardan ozod qilingan, ulug’ xon huzurida bo’lish huquqidan ham foydalangan. Undan tashqari, Darxonlar jinoyat qilib qo’yganda ham, bunday jinoyat 9 marta sodir bo’lguncha javobgarlikka tortilmagan. Darxonlik mo’gullar, Temuriylar va Shayboniylar davrida Movarounnahr va yaqin Sharqda keng tarqalgan edi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz