DARXAN



DARXAN — Mongoliya shimoldagi shahar. Aymoq huquqiga tenglashtirilgan alohida ma’muriy birlik. Xarago’l va Shiringo’l daryolari oralig’ida. Aholisi 72,6 ming kishi (1999). Kattaligi va iqtisodiy ahamiyati jihatdan Ulan-Batordan keyin 2-o’rinda turadi. Transmongoliya temir yo’l magistralining muhim punkti. Darxan 1960 yilgacha kichik bir qishloq. edi. 60-yillarda xorijiy davlatlar yordami bilan Darxanda Sharingo’l ko’mir konlarini o’z ichiga olgan sanoat-energetika kompleksi barpo etildi. Tsement va temirbeton panellari zavodlari, po’stin-mo’yna fabrikasi, oziq-ovqat korxonalari, uyqurilish kombinatlari, issiqlik elektr stansiyalari bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz