Darvozaxona




Darvozaxona , dalon — mahobatli qalʼaband inshootlarda, uyjoy meʼmorligida koʻcha (tashqari)ni hovli bilan bogʻlovchi usti berk maxsus xona. Yon tomonlarida supacha yoki oxurlar boʻlishi mumkin. Qadimda shahar va qalʼa devorlariga uygʻunlashtirib qurilgan. Unda soqchi, darvozabon va b. uchun maxsus xonalar va atrofii kuzatish uchun minoralar qurilgan. Oʻrta asr shahar D.si tashqarisida karvonsaroy, bozor va hammomlar joylashgan (qarang Bogʻcha darvoza, Kush darvoza, Tosh darvoza). Jamoat binolari (madrasa, masjid va b.)da D. peshtoqli, miyonsaroyln qilib qurilgan. Qishloq qoʻrgʻonlari D.si oldida koʻpincha hovuz, quduq, chorbogʻlar boʻlgan.

Adabiyot






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz