DARVOZA



DARVOZA — shahar, qal’a, saroy, qo’rg’on, hovli va boshqalarning kirish joyiga o’rnatiladigan katta eshik, qopqa. Qadimda O’rta Osiyo shaharlarining atrofi qal’aband mudofaa devorlari bilan o’ralgan bo’lib, bir nechtadan Darvozalari (masalan, Toshkentning 12 ta, Buxoroning 11 ta, Xivaning 10 ta Darvozasi.) bo’lgan. Darvozalar odatda archa, Qayrag’och daraxtlari yog’ochidan yasalib, usti temir hoshiya bilan qoplangan, turli zulfinlari badiiy naqshlar bilan bezatilgan. Darvozalarning yuqori qismi ko’pincha panjarali bo’lgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz