Darvishxon boshchiligidagi qo`zg`alon




1885 - yil Farg`ona vodiysida mustamlakachi hukumatga qarshi umumxalq qo`zg`oloniga tayyorgarlik ko`rilayotgani haqida gaplar aholi o`rtasida keng tarqaladi.Vodiyning bir qator joylarida qo`zg`olonga tayyorgarlik ko`rish masalalari yashirin yig`ilishlarda ko`rilayotganidan mustamlakachi ma`murlar xabar topgan edilar. Shunday yig`ilishlardan biri 1885 - yil 16 - avgustda Asaka qishlog`ida Mullaxo`ja Nazirmirza uyida bo`lib o`tadi. Vodiyning turli joylaridan kelgan 20 dan ortiq nufuzli kishilar qatnashgan bu yig`ilishda yurtni chet el bosqinchilaridan ozod qilish, o`lkada milliy davlatni tiklash uchun mustamlakachilarga qarshi birlashib kurash olib borish vazifasi ilgari suriladi. Yig`ilishda qo`zg`olon rejasi, uni o`tkazish vaqti, qo`zg`olonga rahbarlik qiladigan shaxs kabi masalalar hal etiladi. Qo`zg`olonga rahbarlik qilishga Darvishxon Eshon To`ra ko`rsatiladi. Bunga sabab u bu vaqtda aholining norozilik harakatida faol ishtirok etib el-yurtga ancha tanilib qolgan edi. Darvishxon Andijon uezdi Qo`rg`ontepa volostiga qarashli Chekto`ra qishlog`i fuqarosi , qo`zg`olonga rahbarlik qilgan paytda 45 yoshda bo`lib, Andijon va Qo`qon uezdlarida katta yer mulkka ega bo`lgan. Ammo shunga qaramasdan Darvishxon o`z manfaatidan xalq, vatan manfaatlarini ustun qo`yib milliy-ozodlik harakatiga boshchilik qiladi. U qisqa vaqt ichida O`sh, Andijon uezdlari volost va qishloqlarida ko`plab aholini qo`zg`olonga jalb eta oladi.

Darvishxon boshliq qo`zg`olonchilar Yangi Marg`ilon shaxrini Andijon va Qo`qon bilan bog`lovchi aloqa simlarini uzib tashlaydi. Bu hodisa to`g`risida keyinchalik mustamlakachi hukumat vakillaridan biri "bu hodisa qo`zg`olon bo`lishiga muqarrar ekanligini ko`rsatgan edi " deb xotirlagan. Darvsihxon boshchiligidagi qo`zg`olonchilar ko`lami tobora kengayib boradi. Asaka, Qo`rg`ontepa, Shaxrixon, Oltinko`l, Jalolquduq, O`sh uezdining Novkat, Tutlik qishloqlari, Oqbo`yra volosti, Marg`ilon kabi joylar ham qo`zg`olon girdobiga tortiladi.

Qo`zg`olon shunchalik keskin tus oladiki, uni bostirish uchun mustamlakachi hukumat harbiy kuchlarini viloyatning turli joylariga, jumladan, Andijon, O`sh va Marg`ilon uzdlariga yuborishga majbur bo`ladi. Vodiy bo`ylab borgan sayin avj olayotgan Darvishxon rahbarligidagi qo`zg`olonni bostirish va uning rahbarlarini qo`lga olish vazifasi Andijon uezdi boshlig`i kapitan Bryanovga topshirilgan. Uning ixtiyoriga O`sh uezdining boshlig`i podpolkovnik Deybner, uning yordamchisi kapitan Glishanovskiylar boshchiligidagi harbiy kuchlar yuboriladi.

Qo`zg`olonchilar bilan Bryanov boshchiligidagi harbiy kuchlar birinchi 17 - avgust kuni kechqurun to`qnashadi. Kutilmaganda qilingan hujumdan Darvishxon boshchiligidagi qo`zg`olonchilar har tomonga chekinishga majbur bo`ladilar. Shundan so`ng Darvishxon Namangan tog`lari tomonda o`z atrofiga 800 ga yaqin odam to`plashga erishadi. Darvishxon boshchiligidagi qo`zg`olon to`grisida Turkiston general-gubernatori O.Rozenbax Rossiya harbiy vaziri P.S.Vannovskiyga yozgan xatida «qo`zg`olon viloyatning turli joylarida bir vaqtda boshlanishi va qo`zg`olonchilarning o`g`rilik va talonchilik qilmasdan, barcha aholining bu harakatga chaqirilishi, bu harakatning to`liq ma`noda amaldagi hukumatga qarshi qaratilganligini ko`rsatadi... ular yomon qurollangan, oz sonli bo`lishlariga qaramasdan jiddiy tartibsizliklarni keltirib chiqarishlari... ayniqsa soliqlar to`lanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi», deb aytgan.

Chorizm ma`murlari qo`zg`olonni kuch bilan shafqatsizlarcha bostiradilar. Qo`zg`olonchilardan shunchalik darajada ko`plari qamoqqa olinadiki, hatto ularni qamash uchun joy masalasi muammo bo`lib qoladi. Qo`zg`olon rahbari Darvishxon 1886 - yil 22 - fevralda Samarqand viloyatining Sutxona qishlog`i yaqinida qo`lga olinadi, lekin u Jizzax yaqinida qochib qutulib ketadi. Darvishxon, akasi Iskandarning bergan ma`lumotiga ko`ra, 1889 yili Afg`onistonda vafot etgan. Uning boshchiligidagi qo`zg`olon, garchand bostirilsa-da, biroq u bundan keyin milliy-ozodlik harakatlariga zamin hozirlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Darvishxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon — bu XIX asrning boshlarida Markaziy Osiyoda, xususan, Xiva xonligi hududida yuzaga kelgan xalq harakati. Bu qo‘zg‘olon mahalliy aholining qattiq ezilishi, siyosiy adolatsizliklar va iqtisodiy bosimlarga qarshi norozilik sifatida boshlandi.

Qo‘zg‘olon rahbari Darvishxon edi. U turli ijtimoiy qatlamlar, xususan, dehqonlar, savdogarlar va oddiy xalq vakillarini birlashtirib, xonlikdagi zulmga qarshi turishga chaqirdi. Darvishxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon dastlab mahalliy hokimiyatga qarshi yo‘naltirilgan edi, ammo keyinchalik u keng qamrovli milliy-ozodlik harakatiga aylandi.

Qo‘zg‘olonchilar asosan siyosiy va iqtisodiy islohotlar qilishni, soliq bosimini kamaytirishni va adolatli boshqaruvni tiklashni talab qilishardi. Ularning harakati ko‘p jihatdan Xiva xonligi boshqaruvidagi beqarorlik va rus imperiyasining mintaqadagi ta’siriga qarshi madaniy va siyosiy mustaqillikni himoya qilishga qaratilgan edi.

Darvishxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon uzoq davom etmagan bo‘lsa-da, u Markaziy Osiyo xalqlarining mustaqillik va adolat uchun kurashidagi muhim sahifa hisoblanadi. Bu voqea hududning tarixiy rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi va keyingi islohotlarning yuzaga kelishida omil bo‘ldi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz