Darvin Nunez
Darvin Gabriel Núñez Ribeiro (1999-yil 24-iyunda tugʻilgan) — Urugvaylik professional futbolchi, Angliya Premyer ligasining "Liverpul" klubi va Urugvay milliyi terma jamoasi hujumchisi sifatida toʻp suradi.
Nunez 2017-yilda
Penyarol ning yoshlar akademiyasidan asosiy jamoaga koʻtarilgan. 2019-yil avgust oyida u Ispaniya
Segunda divizioni da oʻynovchi Almeriya jamoasiga rekord darajadagi summa evaziga transfer qilindi.
"Benfika" uni 2020-yilda 24 million yevrolik rekord darajadagi transfer bilan oʻz safiga qoʻshib oldi, bu Portugaliya futboli tarixidagi eng qimmat transfer edi. „Benfika“ safidagi ikkinchi mavsumida 28 ta oʻyinda 26 ta gol urib,
Primeiraning eng yaxshi toʻpurari uchun beriladigan
Bola de Prata ni qoʻlga kiritdi va Primeira Ligada yilning eng yaxshi jamoasi hamda Primeira Liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2022-yilning iyun oyida „Liverpul“ Darvinni 75 million yevroga (64 milion funt sterling) xarid qildi.
Turli yosh darajasidagi termalarda Urugvay sharafini himoya qilgandan soʻng, Nunez ilk bor 2019-yil oktyabr oyida milliy terma safida xalqaro maydonga chaqirildi. U
Peru terma jamoasi ga qarshi debyutida gol urishga muvaffaq boʻldi.
Yoshligi
Nunez
Artigas da kambagʻal oilada tugʻilgan, otasi
Bibiano Nunez quruvchi, onasi
Silvia Ribeiro esa sut idishlari sotuvchisi boʻlgan. U 14 yoshida sobiq Urugvay terma jamoasi aʼzosi, skaut
Xose Perdomo tushgunga qadar mahalliy
"La Luz" va
"San Migel" klublarida oʻynagan, soʻngra mustaqil ravishda poytaxt Montevideodagi
"Penyarol" safiga qoʻshilgan.
Uy va oila sogʻinchidan koʻp aziyat chekkani sabab Núñez yaqinlari bilan vaqt oʻtkazish uchun ona shahriga keldi va bir yildan soʻng yana „Penyarol“ga qaytdi. 17 yoshida xochsimon bogʻlamidan jarohat oldi, bu esa uni bir yildan ortiq muddatga safdan chiqarib, ikkita operatsiyani boshdan kechirishiga toʻgʻri keldi. Darvin jarohat olgani sabab katta akasi Junior ukasiga „sen mendan koʻra koʻproq mossan“ deb, oilani boqish uchun klubni tark etdi va futbolni tashladi.
Jamoalardagi faoliyati
Peñarol
U 2017-yil 22-noyabrda Primeradagi ilk debyutini oʻtkazdi. oʻshanda u „River Plate Montevideo“ga qarshi safarda 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchralgan oʻyinning ikkinchi boʻlimida Maxi Rodriguez oʻrniga almashtirilgandi. Bir oy oʻtib u ikkinchi marta tizzasini operatsiya qildirdi.
Nunes professional futboldagi ilk golini 2018-yilning 13-oktabrida „Fenix“ ustodan 2:0 hisobida gʻalab qozonilgan oʻyinda kiritishga erishdi. 2019-yilning 14-iyulida „Boston River“ga qarshi oʻyinda (4:0) xet-trik etdi.
Almeria
2019-yil 29-avgust kuni Ispaniya Segunda Divizioni aʼzosi Almeria Núñez bilan besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi, mish-mishlarga koʻra, transfer narxi klub uchun rekord hisoblangan 4,5 million AQSh dollari va qoʻshimcha 1,5 million dollar bonuslarni tashkil etgan. U 3-oktyabr kuni „Sporting de Xixon“ga qarshi 4:2 hisobida magʻlubiyatli oʻyinda bahsning yarmidan maydonga tushib debyut qildi.
2019-yil 27-oktabrda Nunez oʻzining yangi klubi uchun debyut golini „Ekstremadura“ga qarshi oʻyinda (3:2) penaltidan kiritdi. Futbolchi"Estadio de los Juegos Mediterráneos"dagi yagona mavsumini hamyurti Cristhian Stuani peshqadamlik qilgan toʻpurarlar roʻxatida 16 gol bilan toʻrtinchi oʻrin egasi sifatida yakunladi.
Benfika
2020-21: Portugaliyaga moslashish 2020-yil 4-sentyabrda Nunez Portugaliyaning „Benfika“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi, klub hujumchi uchun rekord darajadagi 24 million yevro toʻlagan. Mazkur transfer, shuningdek, Almeriya va Segunda divizionining eng katta transferi boʻldi, undan tashqari Almeriya klubi kelgusi transferdan 20 foizini oldi. Oradan 11 kun oʻtgach, PAOKga qarshi 2020/21 UEFA Chempionlar Ligasi uchinchi saralash bosqichida 2:1 hisobidagi magʻlub bilan yakunlangan oʻyinning 65-daqiqasida Pedrinho oʻrniga maydonga tushib, debyut qildi.
18-oktabr kuni Rio Ave ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyindagi uzatmalari bilan u ligadagi dastlabki toʻrtta oʻyinida beshta golli uzatmani amalga oshirib, ligadagi eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etdi. 22-oktyabr kuni UEFA Yevropa ligasi guruh bosqichining 2020-21-yilgi mavsumida mehmonda Lex Poznanga qarshi 4:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda xet-trik bilan klub safidagi ilk gollarini kiritdi. Toʻrt kundan soʻng u oʻzining Primeira Ligadagi birinchi golini B SAD ustidan 2:0 hisobida zafar quchilgan oʻyinda urishga muvaffaq boʻldi.
3-dekabr kuni, COVID-19 sabab uch haftalik tanaffusdan soʻng u Yevropa Ligasi guruh bosqichida Lex Poznanga qarshi4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda maydonga qaytdi va „Benfika“ning ikkinchi golini mualliflik qildi. Darvin mavsum boʻyi virus taʼsiri va turli jarohatlar bilan kurashib, toʻrt oy davomida gol ura olmadi. U ligada oltita gol va oʻnta golli uzatmani (bu ligadagi ikkinchi eng yaxshi natija edi) amalga oshirib, „Benfika“ chempionatda uchinchi oʻrinni egallashiga va Chempionlar Ligasi uchinchi saralash bosqichiga yoʻl olishiga yordam berdi.
2021-22: Yutuq va „Bola de Prata“
2021-yilning may oyida Nunez oʻng tizzasidan olgan jarohat operatsiyasi natijasida „Benfika“ning yangi mavsumdagi ilk oylarini oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi. U 21-avgust kuni jarohatidan forigʻ boʻlib qaytdi va safarda Gil Vicente ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsning 72-daqiqada Evertonning oʻrniga maydonga tushib, sariq kartochka oldi. Primeira doirasida Santa Klara va Boavistaga qarshi oʻyinlardan soʻng u liganida sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi va oyning eng yaxshi hujumchisi deb topildi. 29-sentyabr kuni u UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk dublini oʻz uyida "Barselona" ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritdi va uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.
27-fevral kuni Nunez oʻzining „Benfika“ safidagi chempionatdagi 20-golini „Vitoria de Gimaras“ga qarshi oʻyinda (3:0) urgan. 15-mart kuni Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob oʻyinida u „Ayaks“ ustidan mehmonda yagona gʻalaba golini kiritib, umumiy 3:2 hisobidagi gʻalabani taʼminladi. 9-aprel sanasida B-SADga qarshi 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda mavsumdagi uchinchi xet-trikini qayd etib, gollari sonini 31 taga yetkazdi. U 2021-22 yilgi UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalida "Liverpul" darvozasiga ikkita gol urdi: biri birinchi oʻyinda, ikkinchisi javob oʻyinida; uning jamoasi esa umumiy 6:4 hisobida magʻlub boʻldi. Chempionat davomida kiritilgan olti goli uni „Benfika“ning Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurariga aylantirdi va Nuno Gomesning 1998—1999-yilgi mavsumda oʻrnatilgan beshta golli rekordini ortda qoldird.
U primeria liga mavsumini 28 oʻyinida 26 gol bilan yakunladi, Primeiraning eng yaxshi toʻpurari sifatida Bola de Prata (Kumush toʻp) mukofotiga sazovor boʻldi, yilning eng yaxshi jamoasi aʼzosi va yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Liverpul
2022-yil 13-iyun kuni „Benfika“ APL jamoasi "Liverpul" bilan Nunezning transferi boʻyicha 75 million yevro va qoʻshimcha 25 million yevro evaziga kelishuvga erishdi. Ertasi kuni klub 64 million funt sterlingga shartnomani tasdiqladi, qoʻshimchalar keyinchalik toʻlovni 85 million funtga oshirishi mumkin, bu esa uni „Liverpul“ning rekord transferiga aylantirishi mumkin.
Xalqaro maydonda
Yoshlar jamoasi
Nunez Urugvay yoshlar terma jamoasining sobiq futbolchisi boʻlib, 20 yoshgacha boʻlganlar jamoasi tarkibida 2019-yilgi Janubiy Amerika U-20 chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan.
Nunez, shuningdek, 2019-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida ishtirok etdi, u birinchi oʻyinda Norvegiyaga (3:1) va guruhning soʻnggi oʻyinida Yangi Zelandiyaga (2:0) dastlabki gollarni urib, Urugvayning guruhda peshqadamlikni egallashiga yordam berdi. Uning jamoasi 1/8 finalda Ekvadorga qarshi oʻyinda 1:3 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng turnirdan chiqib ketdi.
Nunez, Peruda boʻlib oʻtgan Panamerika oʻyinlari 2019da mezbonlar ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, toʻrtinchi oʻrinni egallagan 22 yoshgacha boʻlganlar jamoasi tarkibida ham bor edi.
Terma jamoa
Nunez 2019-yil sentabrida Kosta-Rika va AQShga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun kattalar jamoasiga chaqirilgan edi.16-oktyabr kuni Peru bilan 1:1 hisobida durang oʻynalgan boshqa bir nazorat oʻyinining 75-daqiqasida Brian Lozanon oʻrniga maydonga tushdi va besh daqiqadan soʻng milliy terma safidagi debyut golini urdi.
2021-yil iyun oyida Nunez 2021-yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan Copa America (Amerika Kubogi) uchun Urugvay terma jamoasining 26 kishilik yakuniy tarkibiga kiritildi. Oʻng tizzasidan olingan jarohat tufayli u ikki oyga safdan chiqdi va turnirni oʻtkazib yubordi.
Shaxsiy hayoti
Nunez va uning jufti Lorena Manyas 2022-yil yanvar oyida birinchi farzandlari (uning ham ismi Darvin) dunyoga kelganini eʼlon qilishdi.
Karyera statistikasi
Klub
7-may, 2022 holatiga ko'ra[43]
Xalqaro
5-iyun, 2022 holatiga ko'ra
Mukofotlar
Peñarol Benfika Individual Manbalar
uz.wikipedia.org