Darvesh Nozukiy




Darvesh Nozukiy (15-asr) – zullisonayn shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Аlisher Navoiy uni Xurosonning mard kishilaridan ekanligi, otasi Mashhadda hokimlik qilganligi haqida maʼlumot beradi. Darvesh Nozukiy sipohiylikni tark etib, darveshlik yoʼlini tutadi va Mashhadda xilvat bir goʼshada jun chakmon kiyib umr kechiradi. “Majolis un-nafois”da uning forsiy hamda turkiy tilda bitgan quyidagi bayti keltirilgan:

Birovkim chiqti eldin ogah uldur,
Gadoligʼdin kim ogahdur, shah uldur.

Darvesh Nozukiyning qabri Mashhad shahrida.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz