Darvesh Muhammad tarxon
Darvesh muhammad tarxon (?-1496) — temuriylardan Sulton Ahmad Mirzo (1451—94) ning nufuzli amiri, yirik yer egasi. Oʻrda Bugʻo Tarxonning oʻgʻli. Buxoro hokimi. Argʻin qabilasidan. Sulton Ahmad Mirzo va Sulton Mahmud Mirzoning togʻasi boʻlgan. Alisher Navoiy Samarqandda tahsil olayotgan paytda (1466—69) D.M.T. unga homiylik qilgan. Samarqand yonida D.M.T. ning chorbogʻi boʻlgan. Bobur va Binoiy bergan maʼlumotlarga koʻra, tarixchi Muhammad Solih 15-asr 90-yillari oʻrtalarida D.M.T. xizmatida boʻlgan. Sulton Ahmad Mirzo vafoti (1494) dan soʻng D.M.T. Boysungʻur Mirzo bilan Sulton Ali Mirzo oʻrtasidagi taxt uchun kurashda ishtirok etib, Boysungʻur Mirzo tomonidan asir olinib, qatl etilgan. Bobur "Boburnoma"la D.M.T. haqida "Mirzo qoshida barcha beklardin ulugʻroq va moʻʼtabarroq bu erdi. Musulmon, odmi va darveshvash kishi erdi. Hamisha mushaf kitobat qilur erdi. Shatranjni biser oʻynar edi, yaxshi oʻynar edi. Qush ilmini xoʻb bilur edi, qushni xoʻb solur edi", deb yozadi.
Adabiyot
uz.wikipedia.org