DARVESH MUHAMMAD (15- asr) — miniatyurachi rassom. Musavvir Shoh Muzaffar va Kamoliddin Behzodnning shogirdi. Hirotda, keyinchalik Hindistonda yashab ijod qilgan. U ko’chirib bezagan Sa’diyning “Guliston” asari qo’lyozmasi Eron davlat kutubxonasida saqlanadi. Shogirdi Mirzo Muhammad Haydar “Tarixi Rashidiy” asarida ustozining asarlari (masalan, nayzasining uchida sherni ko’tarib turgan suvoriy) haqida to’xtalib o’tgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish