Darvesh Mashhadiy II
Darvesh Mashhadiy II (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Uning nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olingan. Аlisher Navoiy uni Darvesh Ravgʼangar bilan adashtirmaslik kerakligini taʼkidlab, quyidagi baytini keltiradi:
Dogʼho bar dasti dil, k-az dasti jononi man ast,
Garchi mesoʼzad maro, osoyishi joni man ast.
(
Mazmuni : Dilim kaftidagi dogʼlar yorimning qoʼli bilan paydo boʼlgan. Garchi ular meni chunonam kuydirsa-da, lekin jonimning oromidir).[1][2]
Manbalar
uz.wikipedia.org