Darvesh Mashhadiy




Darvesh Mashhadiy I (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Uning nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olingan. Аlisher Navoiy uning yomon feʼl va achchiq tilli kishi ekanligini aytib, baʼzi aziz zotlarni hajv qilganligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”ning tarjimoni Faxriy Hirotiy bu shoirning yomon tilligi, johilligi Navoiy aytganidan yuz chandon koʼpdir, lekin odamlar uning Аllohdan oʼzining it feʼli va nafsidan forigʼ qilishni iltijo qilib yozgan darveshona bir bayti uchun afv etadilar, deb yozadi va forsiyda yozilgan oʼsha baytini keltiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz