Darshana Banik
Darshana Banik — hind modeli va aktrisasi. Banik Bengal va Telugu kino sanoatida bir-biridan ajoyib betakror rollar ijrochisi. U oʻz faoliyatini Colors, Vodafone va Boroline kabi turli brendlar uchun modeli va brend reklamalari uchun oʻz hissasini qoʻshgan holatda xalqqa taqdim etgan.
Yoshligi
Darshana Banik Hindistonning Gʻarbiy Bengal shahrida tugʻilgan. U Sharqiy Kalkutta qizlar kollejida bakalavr darajasini va Rabindra Bharati universitetida aspiranturani tamomlagan. U talabalik chog‘idanoq modellik sohasiga qiziqgan va modellik uchun oʻzini sinab modellik qilishni boshlagan. Bunga uning nafaqat tashqi kurinishi balki tugʻma aktrisalik mahorati ham qoʻl kelgan.
Faoliyati
Aktrisa Darshana Banik birinchi marta tijorat filmida koʻriladi. Hali nomi nomaʼlum filmni Eskay Movies bayrogʻi ostida Abhimanyu Mukerji boshqarardi. Filmda, shuningdek, Srabanti Chatterji, Soham Chakraborti, Om Sahani, Kanchan Mulik, Bisvanat Basu va Subhasish Mukherji va aktyor va aktrisalar ishtirok etadi.
Bu mening Eskay Movies bilan birinchi rejissyorligim. Men ular bilan avval ssenariy muallifi va rejissyor yordamchisi bo‘lib ishlaganman. Men uzoq vaqtdan beri tanigan Ximanshu va Ashok (Dhanuka) bilan ishlashdan juda xursandman va hayajondaman.
Abhimanyu.
Uning fikriga ko‘ra, film komediya janrida bo‘ladi. „Film birinchi sahnasidan boshlab quvnoq komediyadir. Sizning fikringizni filmga kiritish uchun koʻp narsa yoʻq. Hech qanday ijtimoiy xabar yoʻq. Biz faqat tomoshabinlar kelishini, kulib uyga qaytishini tilaymiz Darshananing esa bunga rolli katta“, — deya qoʻshimcha qildi yangi direktor.
Sanatdagi ishimni endigina boshlaganman va qiladigan ishlarim ko‘p. Men uzoq vaqtdan beri tijorat filmda suratga tushmoqchi edim. Bunday imkoniyat uchun Abhimanyu da va Ximnashudadan minnatdorman,
dedi filmda Shimoliy Kalkuttaning o‘rta sinf oilasi qizi rolini ijro etgan Banik. "Men Om, Srabanti va Soham da bilan ishlashni kutolmayman, ularning chiqishlarini koʻp yillardan beri tomosha qilaman, — deya qoʻshimcha qildi u.
Filmografiyasi
Telekoʻrsatuvlari
Teleseriallari
Musiqiy videolari
Manbalar
uz.wikipedia.org